Xisobot konsert dasturi
19 May, 2025 - 15:24
290
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi To'raqo'rg'on tuman 9-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida 2024-2025 o'quv yilining yakuni hamda Prezidentining PQ-112-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida ochiq osmon ostida 2025 yil 17-may kuni "Xisobot" konsert dasturi bulib o'tdi.
Tadbirga tuman prokurori Yusupov Ahmadjon, tuman xokimi o‘rinbosari Ikromjon Parpiyev, tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Yakubov Abdurashid va bir qator mehmonlar hamda ota-onalar tashrif buyurishdi. Tadbirda o'quvchilar ustozlaridan o'rgangan bilimlarini sahnada namoyon etishdi. Konsertda ijro etilgan kuylar, qoʻshiqlar hamda raqslar tashrif buyurgan mehmonlarga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi. Bu tadbir yil davomida bolalar musiqa va sanʼat maktabi jamoasining qilgan mehnati va samarasi natijasi bo'lib, tashrif buyurgan barcha mehmonlar faqat iliq fikrlar bildirildi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati