Boshqarma nizomi

Namangan viloyati madaniyat boshqarmasining
NIZOMI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom hududiy madaniyat tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda - tashkilot)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlari funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

2. Tashkilot madaniy faoliyat, turizm, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari, kinematografiya sohasidagi davlat siyosatini hududda amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlarini rivojlantirish, akademik badiiy ta’limning izchilligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalarni hal etishga vakolatli organ hisoblanadi.

3. Tashkilot O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda-vazirlik)ga bo‘ysunadi.

4. Tashkilot o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hay’ati majlisi qarorlariga, buyruqlari va topshiriqlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

5. Tashkilot o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Tashkilotning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tizimdagi tashkilot, korxona va muassasalar hamda ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, xodimlari tomonidan bajarilishi majburiydir.

7. Tashkilot, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari, tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, xorijiy valyutadagi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladilar.

8. Tashkilotning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

to‘liq nomi - O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi;

qisqartirilgan nomi  - Madaniyat boshqarmasi;

b) rus tilida:

to‘liq nomi - Управление культуры Наманганской области Министерства культуры Республики Узбекистан;

qisqartirilgan nomi - Управление культуры;

v) ingliz tilida:

to‘liq nomi - Ministry of Culture the Republic of Uzbekistan Department of Culture of the Namangan region;

qisqartirilgan nomi - Department of Culture

9. Tashkilot joylashgan joy (pochta manzili): 160100, Namangan shahar, Davlatobod tumani, Tinchlik ko‘chasi 1-uy.

2-bob. Tashkilot tuzilmasi

10. Tashkilot tuzilmasiga quyidagilar kiradi:

Tashkilot apparati;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari, davlat teatrlari, ko‘zi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hududiy bo‘linmasi, madaniyat markazlari, namunali maqom ansambli, ixtisoslashtirilgan san’at hamda bolalar musiqa va san’at maktablari, ta’lim muassasalari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi, ixtisoslashtirilgan san’at maktabi, milliy madaniy markazlar. 

3-bob. Tashkilot va uning hududiy bo‘linmalarining vazifalari va funksiyalari

1-§. Tashkilotning asosiy vazifalari va funksiyalari

11. Quyidagilar Tashkilotning asosiy vazifalari hisoblanadi:

vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

Tashkilot, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda - kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar) bilan hamkorlik qilish;

Madaniyat va faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

turizmning rivojlanish holati monitoringini olib borish, uni hududda yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish;

turizm turlarini ko‘paytirish, eng avvalo, ichki va ziyorat turizmi, ekologik turizm, etnoturizm, ishbilarmonlik turizmi, sport, gastronomik, tibbiy, ta’lim va ilmiy turizmni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

turizm infratuzilmasini shakllantirish, eng avvalo, turizm yo‘nalishlari bo‘ylab mehmonxonalar va kempinglar, umumiy ovqatlanish obyektlari va turizmning boshqa infratuzilmalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

madaniyat rivojlantirish bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar bajarilishini, turizmni rivojlantirish dasturlarining amaldagi ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlash;

turizm sohasining turli yo‘nalish va turlari rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha chora-tadbirlarga takliflar ishlab chiqish;

hududning turizm salohiyatidan kelib chiqib, turizmning istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni vazirlikka kiritish;

turizm faoliyatini rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hududlarda yangi turizm yo‘nalishlari ochilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turizm sohasidagi yagona reestrlarni shakllantirib borish:

turizm faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalashni nazorat qilish;

hududda vazirliklar, idoralarning hududiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlarning madaniyat sohasidagi ishini muvofiqlashtirish;

hududdagi madaniyat faxriylari va boshqa mutaxassislarni davlat boshqaruvining boshqa hududiy organlari bilan birgalikda ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etish;

hududda madaniyat rivojlantirish istiqbollarini belgilash;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda madaniyat sohasini ommalashtirish ishlarini tashkil qilish;

jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini ta’minlash;

hududda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va tadbirlar o‘tkazish;

madaniyat sohasiga tegishli nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati rivojlanishiga yordam berish;

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, yuksak ma’naviyat va professionalizm ruhida tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish, hududda aholining o‘z jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish ishlarini olib borish;

xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, hamkorlik bo‘yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, sohaga xorijiy investitsiyalar hamda grantlarni jalb qilishda qatnashish;

tegishli hududda madaniyat rivojlantirish to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tahlil qilishni amalga oshirish va uni vazirlikka, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;

tegishli hududda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan yaxlit konsepsiya amalga oshirilishini ta’minlash;

turizm resurslarini saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish;

tegishli hududda turizm faoliyati rivojlanilishini ta’minlash, yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etishga ko‘maklashish;

madaniyat sohasi subyektlariga ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarda metodik va maslahat yordamini ko‘rsatish;

tegishli hududda harakatlanish vaqtida turistlar va ekskursantlarning turistik resurslarga moneliksiz kirishini ta’minlashga ko‘maklashish;

turizm salohiyatini rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish, shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

madaniyat sohalarida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha belgilangan tadbirlarda hamda hududning ta’lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashda ishtirok etish;

hududda madaniyat sohasidagi dasturlarni tashkil qilish, ommaviy adabiyotlarni chop etishga hamda ushbu sohalarda mavjud video va kino materiallar ishlab chiqilishiga yordam ko‘rsatish va ishtirok etish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish choralarini ko‘rish;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarida, davlat madaniyat tashkilotlarida ichki auditni tashkil etish hamda amalga oshirish;

hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar qabul qilish;

davlat madaniyat tashkilotlarida zamonaviy xavfsizlikni ta’minlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;

davlat madaniyat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash va ular infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingini tuzishda ko‘maklashish;

davlat madaniyat tashkilotlari xodimlari kasbiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga qat’iyan yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash.

12. Tashkilotga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Tashkilot va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

mahalliy miqyosdagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;

idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni tashkil etadi;

idoraviy mansub tashkilotlarning binolari va inshootlarini joriy ta’mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

2-§. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari

13. Quyidagilar tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

Tashkilotga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;

kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida o‘zaro hamkorlik qilish;

davlat madaniyat tashkilotlarida madaniy va turizm faoliyati sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;

davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

14. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta’minlaydi;

idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, vazirlik va hududiy madaniyat organining buyruqlari bajarilishini ta’minlaydi;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;

tuman (shahar) madaniyat tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;

madaniyat tashkilotlarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;

davlat madaniyat tashkilotlarini moddiy-texnik ta’minlashni tashkil etadi;

davlat madaniyat tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari vakolatiga tegishli bo‘lgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.

4-bob. Tashkilot va uning hududiy madaniyat organlarining huquqlari hamda javobgarligi

1-§. Tashkilotning huquqlari va javobgarligi

15. Hududiy madaniyat tashkilotlari o‘zlariga yuklangan vazifalar
va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hududiy madaniyat organlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

madaniyat sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish bo‘yicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo‘yicha tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini o‘rganish;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining ko‘rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.

Tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

16. Tashkilot:

vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash;

vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida madaniyat sohasini rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;

madaniyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning hududda samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi yuzasidan javob beradi.

2-§. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi

17. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:

ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari tuman (shahar) bo‘linmalaridan, madaniyat tashkilotlaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini o‘rganish;

davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

o‘z vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun Tashkilot, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish huquqiga ega.

Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

18. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari:

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

Tashkilotga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;

madaniyat sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;

madaniyat masalalariga doir takliflarni tayyorlash va madaniyat masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;

tumanlarda (shaharlarda) madaniyat sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi.

5-bob. Tashkilot rahbarining asosiy funksional vazifalari

19. Quyidagilar Tashkilot rahbarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

Tashkilot faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda vazirlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

hududiy madaniyat organlari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy madaniyat organlarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, vazirlik hududiy madaniyat organlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Tashkilot faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, vazirlikning hududiy madaniyat organlari va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

vazirlik hududiy madaniyat organlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy madaniyat organlari kadrlar zaxirasini shakllantirish;

vazir nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy madaniyat organlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;

hududiy madaniyat organlari xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha muntazam chora-tadbirlar ko‘rish;

hududiy madaniyat organlari xodimlari tomonidan vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy madaniyat organlari tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

prognoz ko‘rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy madaniyat organlari tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha takliflarni vazirning mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;

hududiy madaniyat organlari xodimlari faoliyati samaradorligi
va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;

hududiy madaniyat organlari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, madaniyat sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun vazirlik rahbariyatiga kiritish;

vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari va hududiy madaniyat organlari tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;

hududiy madaniyat organlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni vazirlikka kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

20. Quyidagilar tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

tuman (shahar) bo‘linmasiga rahbarlik qilish;

faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;

davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qaroriga, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilarining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ–2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

vazirlik hay’ati qarorlari, vazir va uning o‘rinbosarlari, hududiy madaniyat organi rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

tuman (shahar) bo‘linmasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda hududiy madaniyat organlari rahbariga, ularning o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, tuman (shahar) bo‘linmasida kadrlar zaxirasini shakllantirish;

xodimlarning odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlarda (shaharlarda) tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;

huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;

davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.

6-bob. Tashkilot rahbarlarining javobgarligi

21. Hududiy madaniyat organlari rahbarlari:

hududiy madaniyat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan hududiy madaniyat tashkilotlarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;

ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

22. Tuman (shahar) madaniyat bo‘limlari rahbarlari:

tuman (shahar) madaniyat bo‘limlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) madaniyat bo‘limlarining javobgarlik sohalari bo‘yicha;

ushbu Nizomning 20-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.

7-bob. Tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari

23. Tashkilot faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.

24. Tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar vazir tomonidan tasdiqlanadigan Tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.

25. Tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:

Tashkilot rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;

Tashkilot faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.

Tashkilot faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

8-bob. Tashkilotni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish

26. Tashkilot faoliyatini ta’minlash va moliyalashtirish (shu jumladan, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish) mahalliy budjeti, vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, shu jumladan, vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tashkilot apparati, hududiy madaniyat va urizm organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minlash va xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari to‘lash) manbalari hisoblanadi.

27. Tashkilot xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, moddiy yordam, ustama va rag‘batlantirish to‘lovlaridan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat.

Tashkilot xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qo‘shiladigan rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha haqlar va ustamalar Tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

9-bob. Tashkilot rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hisobot berishi

28. Tashkilot rahbari Tashkilotning faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga muntazam ravishda hisobot beradi.

29. Tashkilot rahbari o‘rinbosar, bo‘lim boshliqlari va xodimlar tomonidan ularning vazifalari samarali bajarilishi uchun faoliyati ustidan muntazam ravishda monitoring olib boradi va samaradorligiga xolisona baho beradi.

30. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Tashkilotning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.

10-bob. Yakunlovchi qoida

31. Tashkilotni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash