Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari maslahat kengashi faoliyati

10 Jan, 2025 - 13:15
3
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari  maslahat kengashi faoliyati

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari maslahat kengashi faoliyati”

 

          O’zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar, kafolatlar to’g’risida”gi qonunining qabul qilinishi O’zbekistonda xotin-qizlar hayotida muhim ahamiyatga egadir. Mazkur qonun ijrosini taminlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 71-sonli “Maslahat kengashi” tarkibini tasdiqlash to’g’risida”gi hamda 17 iyundagi 218-sonli “Xududlarda gender tenglikni ta’minlash masalallari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini tashkil etish to’g’risida”gi buyruqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan Namangan viloyati madaniyat boshqarmasining ham 23 iyunda 40-sonli buyrug’I qabul qilinib, 7 nafardan iborat xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalallari bo’yicha “Maslahat kengashi”, tizimdagi 40 ta mavjud madaniyat muassasalaruida mas’ullar belgilangan.     

      Jumladan, 21ta madaniyat muassasalarida turli seminar-treninglar, uchrashuv, suhbatlar, tushuntirish ishlari olib borildi.      

     2023 yil 8 iyun kuni viloyat madaniyat markazida “Madaniyat va turizm sohasi faoliyatini yangicha yo’nalish asosida yanada takomillashtirish omillari” mavzusida viloyat seminari tashkil etib kelinmoqda.

      Namangan viloyati madaniyat boshqarmasining 2024 yil 16 oktabrdagi 67-son buyrug’iga asosan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqi xamda imkoniyatlarini ta’minlash masalallari bo’yicha maslahat kengashi faoliyati yo’lga qo’yilgan. Kengashning 7 nafar eng malakali iqtidorli ishchilari tomonidan nizomda belgilangan vazifalar asosida tizimda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar, ayollar uchub shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoyalash, rag’batlantirish va gender tenglikni ta’minlash bo’yicha tegishli tadbirlar va seminar-treninglar o’tkazildi.

        Mazkur madaniyat kengashining faoliyatini tartibga solish va ish tajribasini ommalashtirish maqsadida “Mamlakatimizda gender tenglik masalalari” mavzusida Respublika seminari tashkil etilib, viloyatlardan soha mas’ullari ishtirok etdilar.

       Kengash tomonidan hozirda Namangan Shahar, Pop, Chust, Chortoq, Uychi, Yangiqo’rg’on tumanlaridagi muassasalarda gender tenglik masalalari o’rganib chiqilmoqda.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

 

        

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash