Hurmat va e’tiborga sazovor ayol – Hurmatoy Qudratova
17 May, 2025 - 15:00
253
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati
Fidokorlik va sadoqat timsoli — Hurmatoy Qudratova
Yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol va talabchan rahbar, mehribon va kuyunchak ona Hurmatoy Qudratovaning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Mehnati bilan yuksalgan ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Hurmatoy opa faoliyati davomida o‘qituvchilikdan tortib tuman hokimligi hamda ko‘plab tashkilotlarda turli lavozimlarda, ayniqsa tuman Madaniyat bo‘limi rahbari lavozimlarida ishlab tuman rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Hozirgi kunda OʼzLiDeP Kosonsoy tumani Kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borish bilan birga Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati ham hisoblanadi.
Faoliyati davomida «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15, 20, 25, 30 yilligi» hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi”, "Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni hamda "Madaniyat va san’at fidokori" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Kosonsoy tumanidagi “Sohil” sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazilgan 70 yillik yubiley tantanasida Respublikadan tashrif buyurgan mehmonlar, viloyat va tuman rahbarlari, Hurmatoy opaning yaqinlari, jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
Madaniy tadbir boshida “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyat bo‘limi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov viloyat hokimining tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, so‘zga chiqqan Kosonsoy tuman hokimi Dilmurod Qodirov opaning ezgu xislatlari haqida fikr yuritgan bo‘lsa, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Bahodir Yusupov bunday insonlar dunyoga kamdan kam kelishini ta’kidlab, Hurmatoy Qudratovaga milliy urf-odatlarimizga binoan chopon kiydirib, esdalik sovg‘alari topshirdi.
Tadbir davomida ko‘plab, respublika darajasidagi rahbarlarning, xususan, O‘zLiDep yetakchisi, O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi Aktam Hayitov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlarning tabrigi o‘qib eshittirildi hamda Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi Ziyovitdin Sarimsakov tomonidan Hurmatoy opaga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni topshirildi.
Hurmat va e’tiborga sazovor ayol – Hurmatoy Qudratova
Yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faol va talabchan rahbar, mehribon va kuyunchak ona Hurmatoy Qudratovaning 70 yillik yubileyi munosabati bilan “Mehnati bilan yuksalgan ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan ijod darg‘alari, siyosatchilar, san’atkorlar va faollar yubiley egasining chin insoniy fazilatlari haqida so‘zlab, Hurmatoy opaning ibratli hayot yo‘li, yurt ravnaqiga qo‘shgan munosib hissasi haqida to‘lqinlanib so‘z yuritdilar.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati