Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyat Qoʻgʻirchoq teatrida tanlov boʻlib oʻtdi

24 Jun, 2025 - 18:21
167
Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyat Qoʻgʻirchoq teatrida tanlov boʻlib oʻtdi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Yoshlar oyligi doirasida Namangan viloyat Qoʻgʻirchoq teatrida tanlov boʻlib oʻtdi

Ushbu ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun viloyatning shahar va tuman madaniyat markazlari hamda Bolalar musiqa va san’at maktablarining 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xodim, xodimalari ishtirok etdilar. 

Tanlovning asosiy maqsadi madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan 18 yoshdan 35-yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarni kashf etish, ularning asosiy ish vazifalaridan tashqari ularning tashkilotdagi jamoat topshiriqlarini bajarishi, ma’muriyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z muddatida ijro etishi, uning siyosiy bilimi, Prezident qaror va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasidan chiqarilayotgan hujjatlar haqidagi bilimlari, mehnat qonunchiligi to‘g‘risidagi fikrlarini sinab ko‘rish va kelgusida boshqaruv apparatlariga zahira kadrlarni izlash bo‘ldi.

Tanlov davomida 23 ta nomzod suhbat asosida sinovdan o‘tdi 

“Eng namunali yosh muxandis” nominatsiyasiga munosib deb topilgan

Davlatov Xusanboy Alijon o‘g‘li I-o‘rinni,

Mamatov Axrorbek Mo‘minjon o‘g‘li II-o‘rinni,

Mamajonova Shohista Olimjon qizi III-o‘rinni egalladi.

“Eng faol yosh mutaxassis” nominatsiyasi g‘oliblari

Xojimatov Oybek Nurmuxammadovich I-o‘rinni,

Xakimov Abror Abdulxay o‘g‘li II-o‘rinni,

Raximova Sarvinoz Raxmonjon qizi III-o‘ringa munosib deb topildilar.  

“Eng faol yosh xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha ma’sul xodim”  nominatsiyasining g‘olibi

To‘xtaboyeva Dilnoza Odiljon qiziga I-o‘rin,

Abdug‘aniyev Azizbek Muxtorjon o‘g‘liga II–o‘rin,

Umarova Muxtasar Axmadjon qiziga III-o‘rin berildi.

Tanlov g‘oliblariga Madaniyat boshqarmasining “Faxriy yorliq”lari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash