Rahbar va yoshlar uchrashuvi
26 Feb, 2026 - 18:35
25
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'ining "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi
Xabaringiz bor Yurtboshimiz tomonidan yoshlar bilan uchrashuv chog‘ida ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, endilikda haftaning har payshanba kuni mamlakat bo‘ylab “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkaziladi.
Namangan tumanidagi 5-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig'i Sarimsakov Ziyovitdin Sadridinovich bilan birgalikda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bolib o'tdi. Uchrashuvda viloyatning barcha bolalar musiqa va san'at maktablarining yosh o'qituvchilari o'quvchilari ishtirok etdi. Yoshlar tomonidan Ziyovitdin Sadridinovichga savollar, takliflar hamda muloxazalar berildi.
Uchrashuvdan so'ng kun tartibiga kiritilgan Namangan viloyatidagi Axsikent yodgorligida VIII asrga oid noyob qo‘lyozma hamda aynan shu asrga tegishli bo'lgan, saqlanib qolgan yodgirliklariga ekskursiya uyushtirildi.
Azizbek ABDUG'ANIYEV, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi