Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i tabrigi
08 Mar, 2026 - 08:00
68
Matbuot xizmati
8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i tabrigi
Hurmatli va muhtarama ayollar, qadrli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
Siz azizlarni bahorning eng go‘zal, nafosat va mehr-muhabbatga boy ayyomi 8-mart Xotin-qizlar kuni bilan Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi nomidan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ayol — hayotimizning fayzi, jamiyatimizning mustahkam tayanchi, ma’naviyatimizning bebaho qadriyatlarini asrab-avaylovchi muqaddas zotdir. Xotin-qizlarimizning donishmandligi, sabr-toqati, mehr-muruvvati va fidokorona mehnati tufayli jamiyatimiz hayotida barqarorlik, totuvlik va yuksak ma’naviy muhit qaror topmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda bilim va iste’dodini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu ezgu e’tibor va g‘amxo‘rlik madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarimiz uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Ayniqsa, Namangan viloyatida madaniyat va san’at tizimida samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarimiz milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, boy madaniy merosimizni keng targ‘ib etish, yosh avlodni ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash yo‘lida ulkan mehnat qilmoqdalar. Teatr san’ati, musiqa va qo‘shiqchilik, xalq og‘zaki ijodi, folklor jamoalari, kutubxonachilik, muzey faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida sizlarning bilim, tajriba va iste’dodingiz viloyatimiz madaniy hayotini yanada boyitib kelmoqda.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz, san’at va madaniyat rivoji yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz jamiyatimiz ma’naviy taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Har biringiz o‘z kasbingizning mohir mutaxassisi bo‘lish bilan birga, mehribon ona, sadoqatli turmush o‘rtog‘i va oila tayanchi sifatida ham jamiyatimiz hayotida muhim o‘rin egallaysiz.
Qadrli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
Shu o‘rinda ta’kidlasam mubolag‘a bo‘lmaydiki, o‘zining jonkuyarligi, fidokoronaligi, kasbiga muhabbati hamda xalqimizga sitqi dildan milliy qadriyatlarimizni, madaniy merosimizni mohiyatini yetkazishda
- Nortoji Yusupova – Ixtisoslashgan san’at maktabi direktori;
- Ozoda Usmanova - Qo‘g‘irchoq teatri direktori, Madaniyat boshqarma boshlig‘ining Gender tenglik hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi;
- Gulnoza Akbarova - Madaniyat boshqarmasing Inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi;
- Karima Rasulova – Musiqali drama teatri aktrisasi;
- Dildora Xodjayeva – Ixtisoslashgan san’at maktabi baletmestri;
- Fatmaxon Mirabdullayeva – Uchqo‘rg‘on tumani Yalama-yorim folklor etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari;
- Rahima Inamova - Chortoq tumani 61 son Saroy madaniyat markazi ashulla to‘garak rahbari;
- Gulsora Nasimxanova – Chust tumani 65-son tuman madaniyat markazi madaniy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha mutaxassisi;
- Lilya Nazarova Kosonsoy tumani 3-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariya fani fortepiano fani o'qituvchisi;
- Maqsuda G‘ofurova – Pop tumani 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariya fani fortepiano fani o'qituvchisi;
- Farida Shamsutdinova – Pop tumani 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariya fani fortepiano fani o'qituvchisi;
- Larisa Abramyans; - Namangan shahar 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi nazariya fani o‘qituvchisi;
- Irodaxon Sotiboldiyeva - Yangiqo‘rg‘on tumani 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori;
- Nargiza Madaliyeva – Uchqo‘rg‘on tumani 19-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori;
fidokorona xizmat qilib kelmoqdalar. Ularga o‘z tashakkurimni izhor etaman.
Aziz va muhtarama ayollar!
Fursatdan foydalanib, Sizlarni yana bir bor 8-mart — Xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. Madaniyat va san’at ravnaqi yo‘lida olib borayotgan samarali faoliyatingiz bundan buyon ham yangi yutuq va muvaffaqiyatlar bilan davom etishini tilab qolaman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ayollar!
Hurmat bilan,
Sarimsakov Ziyovitdin Sadridinovich, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i