Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sarimsakov Ziyovitdin Sadridinovichning bayram tabrigi

06 Jun, 2025 - 07:00
170
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i  Sarimsakov Ziyovitdin Sadridinovichning bayram tabrigi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Qadrli yurtdoshlar!

Qalblarimiz fayzu ilohiy shukuhga to‘lib turgan ushbu ulug‘ kunda yurtimizdagi barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi bo‘lgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.
Fursatdan foydalanib, mana shu tabarruk ayyomni bayram qilayotgan yer yuzidagi barcha musulmon ummatiga samimiy salom va tabriklarimizni yo‘llaymiz.

Qadrli hamkasblar!!!

Duogo‘y keksalarimizning ezgu tilaklari ijobat bo‘lsin!
Yoshlarimizning baxtini, kamolini bersin!
Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz hamisha sog‘-omon bo‘lsin!

Sarimsakov Ziyovitdin Sadridinovich, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i
 

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash