Sumalak sayli

09 Mar, 2026 - 12:26
30
Sumalak sayli

Matbuot xizmati

“Sumalak sayli” – milliy an’ana va bahor shodiyonasi

Bahor faslining kirib kelishi bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z bayrami keng nishonlanadi. Ushbu bayramning eng muhim va qadimiy an’analaridan biri sumalak sayli hisoblanadi. Ayniqsa, Namangan viloyatida bu sayil xalqning milliy qadriyatlari, birdamligi va mehmondo‘stligini namoyon etadigan katta bayramga aylanadi.

Sumalak – baraka va birlik ramzi

Sumalak Navro‘z bayramining asosiy taomlaridan biri bo‘lib, u bug‘doy nihollaridan tayyorlanadi. Xalq orasida sumalak baraka, farovonlik va ezgulik timsoli sifatida qadrlanadi. Uni tayyorlash jarayoni esa oddiy oshpazlik emas, balki o‘ziga xos marosim hisoblanadi.

Namangan viloyatining mahallalari va qishloqlarida Navro‘z arafasida ayollar, yoshlar va nuroniylar bir joyga yig‘ilib, katta qozonlarda sumalak pishiradilar. Sumalak kovlanayotgan paytda xalq qo‘shiqlari kuylanadi, hazil-mutoyibalar aytiladi va bayramona kayfiyat hukm suradi.

Azizbek ABDUG'ANIYEV, Jurnalist, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash