Mingbuloq tumanida "Onamga sovg'a" deb nomlangan tanlov bo'lib o'tdi
07 Mar, 2026 - 16:24
30
Matbuot xizmati
Mingbuloq tumani 2-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tasviriy va amaliy san‘at sinfi o'quchilari o'rtasida 8-mart "Xalqaro xotin- qizlar" kuni bayramiga bag'ishlangan "Onamga sovg'a" deb nomlangan tanlov bo'lib o'tdi.
Ushbu ko'rik tanlovda o'quvchilar bizni milliy urf odatlarimiz va an‘analarimizga sodiq qolgan holatda milliy liboslardan foydalanib ishtirok etdilar zero milliy liboslarimizda ishtirok etish ham nazardan chetda qolmadi.
O'quvchilar o'rtasidagi tanlov qizg'in tarzda tashkil etildi. Tanlov ishtirokchilari 1-2-3-o'rinlar bilan taqdirlandi va maktab o'quvchilari tomonidan ajoyib konsert dasturi ham oʻtkazildi.