Qo‘g‘irchoq teatrida xalqaro ijodiy hamkorlik
16 Oct, 2026 - 15:28
61
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
🎭 Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri — bolalar qalbiga san’at orqali yo‘l topadi!
Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatrida xalqaro ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, repertuarni yangi va mazmunli spektakllar bilan boyitish yo‘lida navbatdagi muhim ijodiy loyiha boshlandi.
Turkiyalik rejissyor Nurhan Uslu teatrga tashrif buyurib, ijodiy faoliyatini boshladi. Rejissyor bilan hamkorlikda taniqli yozuvchi Samed Behrengi asari asosida «Kichik qora baliq» spektaklini sahnalashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ijodiy loyiha orqali teatr jamoasining kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy sahnalashtirish usullarini o‘zlashtirish hamda yosh tomoshabinlarga chuqur tarbiyaviy mazmunga ega spektakl taqdim etish ko‘zda tutilgan.
Xalqaro ijodiy hamkorlik teatr repertuarini yanada boyitish, milliy qo‘g‘irchoq teatri san’atini rivojlantirish va yangi ijodiy tajribalarni joriy etishga xizmat qiladi.
Azizbek ABDUG‘ANIYEV, Jurnalist,
Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi