Madaniyat markazi sahnasida dolzarb mavzuda teatr namoyishi boshlandi

16 Oct, 2026 - 14:13
47
Madaniyat markazi sahnasida dolzarb mavzuda teatr namoyishi boshlandi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limi mudiri Azamat Abdukarimov g‘oyasi asosida "Nafs changali" deb nomlangan asar sahnalashtirildi. U jamiyatimizning eng jirkanch illati bo‘lgan giyohvandlikka ruju qo‘yishning ayanchli oqibatlari haqida ogohlikka chaqiradi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor Dilmurod A’zamov, Zohidjon Valiyev badiiy rahbarligidagi ushbu asarda asosiy rollarni madaniyat markazining Dilmurod Nosirov, Dilorom Ortiqova, Ma’mura Hoshimova, Oydinxon Qahharova kabi iqtidorli vakillari ijro etishgan.

Bugun ilk namoyish tomoshabinlari Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti pedagogik jamoasi hamda talabalari bo‘lishdi.

Rejaga ko‘ra, ta’lim-tarbiya muassasalari hamda turli soha tashkilotlaridan ham tomoshabinlar taklif etiladi.

Azizbek ABDUG'ANIYEV, Jurnalist,
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi

 

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash