NAMANGAN VILOYATI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI — YANGI IJODIY MARRALAR SARI!
12 May, 2026 - 13:49
88
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Yosh va iste’dodli ijodkorlar, yangi spektakllar va xalqaro sahnalar sari dadil qadamlar!
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2024-yilda tashkil etilgan Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri qisqa vaqt ichida o‘zining ijodiy yo‘nalishi va salohiyatini namoyon etib, tomoshabinlar e’tiborini qozonib kelmoqda.
Bugungi kunga qadar teatrning yosh va ijodkor jamoasi tomonidan 12 ta turli janrdagi spektakl sahnalashtirildi. Har bir sahna asarida bolalar qalbiga ezgulik, mehr-oqibat, vatanparvarlik va insoniy fazilatlarni singdirish ustuvor maqsad qilib belgilangan.
Teatr jamoasi nafaqat respublikamiz hududlarida, balki xalqaro miqyosda ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarida ijodiy-gastrol safarlarida bo‘lib, o‘zbek qo‘g‘irchoq teatr san’atini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
2026-yil 5-avgust kuni Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatrida III mavsumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mavsum ochilishida rejissyor A. To‘rayev tomonidan sahnalashtirilgan “Javohir tabib yoxud Ibn Sino” spektakli namoyish etildi.
Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatri — bolalikning beg‘ubor olami, ezgulik va go‘zallikni san’at orqali targ‘ib etuvchi maskan sifatida yangi ijodiy marralar sari dadil odimlamoqda!
San’at — qalblarni tarbiyalaydi, qo‘g‘irchoq teatri esa bolalik olamini yanada go‘zal qiladi!
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati