Manfaatlar to‘qnashuvi hamda ayrim qonunlar targʻiboti boʻyicha yig‘ilish boʻlib oʻtdi

26 Apr, 2026 - 12:22
49
Manfaatlar to‘qnashuvi hamda ayrim qonunlar targʻiboti boʻyicha yig‘ilish boʻlib oʻtdi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Kuni kecha 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida Manfaatlar to‘qnashuvi hamda ayrim qonunlar targʻiboti boʻyicha yig‘ilish boʻlib oʻtdi

Z.Sarimsakov kirish so‘zi bilan ochib, yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi hamda Madaniyat vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati bosh mutaxassisi D.Xasanov va vazirlikning ichki audit bo‘limi boshlig‘i S.Nosirovlar tanishtirildi.

Shundan so‘ng D.Xasanov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi

Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 5-iyundagi PQ–210-son qarorida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tanqidiy hamda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun mohiyatini xususida alohida to‘xtaldi.

Yig‘ilish davomida Madaniyat vazirligining ichki audit bo‘limi boshlig‘i S.Nosirov vazirlik tizim tashkilotlarida moliyaviy va xo‘jalik faoliyatida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan ichki audit bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirilishini bildirdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qaror va farmoniga, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarga,   Davlat buxgalteriya hisobi standartlariga, Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasi “Xaridlar to‘g‘risida”gi Qonuni va “Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunlari va boshqa qonunlarning talablari to‘g‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shu bilan birga ijaraga berilgan binolardan uch tomonlama shartnomalar qilishni hamda ularning kommunal to‘lovini alohida qilinishini va ular tomonidan to‘lovini amalga oshirishni takidlab o‘tdi

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash