TARIX VA SAN’AT UYG‘UNLIGI
09 Oct, 2026 - 17:40
126
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida "Xalq cholg'ulari fan oyligi" doirasida Xalq cholg‘ulari bo‘limi Qashqar rubobi sinfi o‘qituvchisi A.Sidiqjonov tomonidan “Tarix va san’at uyg‘unligi” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida o‘zbek milliy musiqa san’atining tarixiy ildizlari, Qashqar rubobining o‘ziga xos xususiyatlari, ijro imkoniyatlari hamda milliy madaniyatimizdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xalqimizning boy musiqiy merosini asrab-avaylash, milliy cholg‘u ijrochiligi an’analarini kelajak avlodga yetkazish, yoshlarning milliy san’atga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza ishtirokchilarga milliy musiqamiz tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini yanada chuqurroq anglash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan san’at namunalarini qadrlash borasida muhim bilim va tushunchalar berdi.
Milliy san’atimiz — tariximiz ko‘zgusi, ma’naviyatimiz va milliy o‘zligimiz ifodasidir!
Azizbek ABDUG‘ANIYEV, Namangan viloyati
Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi