Navro‘z shodiyonalari "Afsonalar vodiysi" tematik parkida davom etmoqda

21 Mar, 2025 - 12:37
11
Navro‘z shodiyonalari "Afsonalar vodiysi" tematik parkida davom etmoqda

Xalq sayillari

Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkidagi Navro‘z umumxalq saylida minglab namanganliklar va mehmonlar ishtirok etmoqdalar. “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tgan tadbirda konsert dasturlari, turli ko‘rgazmalar, zamonaviy attraksionlar bayramga yanada shukuh bag‘ishladi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida viloyat idoralari rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari mehnat jamoalari o‘z ko‘rgazmalari orqali hududning madaniy hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon qilishdi.

Namanganda Navro‘z sayli davom etmoqda.
 


Fayllar:

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash