NamDTUda kuy va milliy meros tarannum etildi
29 Mar, 2025 - 21:26
22
Milliy meros
Namangan davlat texnika universitetida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy qo‘shiqlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida Namangan shahar Madaniyat bo‘limi qoshidagi "Qaldirg‘och" ashula va raqs ansambli ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi. Ushbu san’at kechasi milliy ohanglar, betakror kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan barchaga unutilmas zavq ulashdi. Xalqimizning musiqiy merosi, kuy va qo‘shiqlardagi ezgulik, muhabbat va yurtga sadoqat tuyg‘ulari ishtirokchilarning qalbiga yetib bordi. Talabalar jozibador raqslarga hamohang bo‘lib, milliy san’atimizning betakror jozibasini his etdilar. Bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlarning ma’naviy olamini boyitish, balki milliy o‘zlikni anglash va qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati