Millatlar aro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik

29 Mar, 2025 - 21:47
20
Millatlar aro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik

Tadbir

Pop tumanining Boyon, Shayxon va Maydon mahallalarida Navro‘z bayramining uzviy davomi sifatida “Millatlar aro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlik” shiori ostida keng qamrovli tadbir o‘tdi

Pop tumanida 19 millat vakili bir oiladek ahil-inoq yashab, bag‘rikenglik muhitini asrab-avaylamoqda. Mazkur tadbirda ularning madaniyati, an’analari va do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlandi.

Fayzli tadbirda tuman rahbari A’zamjon Sultanov barcha aholini bugungi bayram bilan tabrikladi. Milliy kuy va qo‘shiqlar yangrab, do‘stlik va hamjihatlik madh etildi. Turli millat vakillari o‘z xalq o‘yinlari, raqs va an’anaviy hunarmandchilik namunalarini namoyish etdi. Yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida nuroniylar duoga qo‘l ochishdi.

Islohotlar samarasi – farovon hayot!

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli Pop tumanida zamonaviy infratuzilmalar barpo etilmoqda, mahallalar obod bo‘lib, aholi turmush tarzi yuksalib bormoqda. Bu kabi tadbirlar millatlararo hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlab, mamlakatimizdagi tinchlik va taraqqiyotning muhim asosi ekanini yana bir bor isbotlamoqda.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati


Fayllar:

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash