Do‘stlik va hamjihatlik bayrami: Uchqo‘rg‘onda Navro‘z va Ramazon Hayiti keng nishonlanmoqda
30 Mar, 2025 - 19:04
24
Vatan yagonadir, Vatan bittadir!
Ko‘p millatli yurtimizda o‘zaro totuvlik va birdamlik tamoyillari ustuvor bo‘lib, har bir bayram katta shodu-xurramlik bilan o‘tadi. Ayni damda, Uchqo‘rg‘on tumanida ham Navro‘z va muborak Ramazon Hayiti bayramlari “Buyuk kelajakni birga quramiz” shiori ostida yuqori kayfiyat bilan nishonlanmoqda. Uchqo‘rg‘on tumani Qirg‘iziston bilan chegaradosh hudud hisoblanib, bu yerda turli millat va elat vakillari bir oiladek ahil va inoq hayot kechirishadi. Shu bois, ushbu bayram tadbirlari nafaqat milliy, balki xalqaro do‘stlik va hamkorlik ruhida o‘tmoqda. Bayram doirasida xalq o‘yinlari, konsert dasturlari, milliy sport musobaqalari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda. Tadbirlarda yoshlar, nuroniylar, ijodkorlar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda. Uchqo‘rg‘onliklar ushbu bayramlarni nafaqat madaniy meros, balki do‘stlik va hamjihatlik ramzi sifatida nishonlashmoqda.
Namangan viloyat Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati