Kosonsoy tumani mahallalarida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi
30 Mar, 2025 - 19:18
32
Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt
Bugun Kosonsoy tumani mahallalarida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi
Barcha mahallalar qator "Doʻstlik" mahallasida tashkil etilgan tadbirda palov tayyorlash, sport musobaqalari, nomoddiy madaniy me’rosimizga xos boʻlgan qoʻl mehnati koʻrgazmalari tashkil etildi. Milliy liboslar ko‘rgazmasi, “mushoiralar”, turli millatgar chiqishi ayniqsa tuman madaniyat boʻlimi "Xushnavo ashula va raqs xalq ansambli" xonandalarining ӯzbek, tojik va qirg‘iz tillarida aytilgan qӯshiqlari yig‘ilganlar ko‘nglini xushnud etdi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati