Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt

30 Mar, 2025 - 19:26
25
Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt

Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt

Uychi tumani Keskanyor mahallasida ana shu shior ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Milliy qadriyat va urf-odatlar,  an’analarni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar namoyish qilindi. Bayram dasturxondan palov va boshqa milliy taomlar o‘rin oldi. “Do‘stlik bog‘i” tashkil etildi. "Vatan yagonadir, Vatan bittadir!" shiori ostida hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmalari, milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Milliy va sport o‘yinlari, turli millatlarning milliy taomlari ko‘rgazmalari yig‘ilganlar e’tiborini tortdi. Faol nuroniylar, tomorqasidan samarali foydalanayotgan xonadon egalari e’tirof qilindi. Tuman madaniyat bo‘limi xonandalari va taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati


Fayllar:

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash