O‘zbekkonsert DM viloyat bo‘limi tomonidan Chust tumanida hamkor tashkilotlar bilam muloqot boʻlib oʻtdi

03 Apr, 2025 - 04:34
32
O‘zbekkonsert DM viloyat bo‘limi tomonidan Chust tumanida hamkor tashkilotlar bilam muloqot boʻlib oʻtdi

Hamkorlik

Har bir millatning o‘z madaniyati va san’ati uning xalq sifatidagi qadr-qimmatini belgilab beruvchi asosiy omillaridan biridir.

Insoniyat vujudga kelibdiki, o‘zining butun salohiyatini ishga solib, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, mushohadakorlik borasida tinimsiz izlanadi, bundan estetik zavq oladi va bu jarayonda ruhan yuksaladi. Har millat o‘zining madaniyati va san’atining qudrati bois jahon tamaddunidan mustahkam joy egallaydi.

Chust tumani 65 son tuman madaniyat markazida "O‘zbekkonsert" DM viloyat bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi,  RMMM tuman bo‘linmasi va hamkor tashkilotlar bilan tumanda ijod qilayotgan san’atkor, xonandalar va mahalla raislari ishtirokida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, to‘y va boshqa marosimlarni ixchamlashtirish, litsenziya mohiyati, faoliyatning ayrim turlarini tartibga solish, san’atkor ma’naviyati va madaniyati mavzularida muloqot o‘tkazildi.   

Tadbirda "O‘zbekkonsert" DM viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Abdullayev va S.Nasimxonova so‘zga chiqib, mamlakatimiz o‘zining jahon maydonidagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash yo‘lidan borar ekan milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi vazifalarga to‘xtaldilar.

San’atkorning sahna madaniyati va ma’naviyati, odob axloqi, kiyinish madaniyatiga befarqlik, noo‘rin yoki milliy urf-odatlarga to‘g‘ri kelmaydigan liboslar, chetga taqlid yuzasidan mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Ishtirokchilar tomonidan fikrlarga munosabatlar bildirildi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati


Fayllar:

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash