Nomoddiy madaniy meros obyektlariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi
24 Apr, 2025 - 01:02
74
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Namangan viloyat madaniyat boshqarmasida Vazirlar mahkamasining 2011-yil 23-fevraldagi 47-sonli qaroriga muvofiq Namangan viloyati nomoddiy madaniy meros obyektlari mahalliy ro‘yxatiga bazi bir o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yigʻilishda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi Sabohat Duschanova hamda viloyat NMM obyektlarini oʻrganish boʻyicha ekspertlar guruhi a’zolari Hunarmandlar uyushmasi raisi Z.Vohidov, Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori o‘rinbosari M.Karimov, Yangi Namangan tumani “Folklor” to‘garagi rahbari Y.Rahmatullayeva, viloyat madaniyat markazi badiiy rahbari M.Xolmuradova, boshqarma Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti sho‘basi mutaxassisi M.Mahkamovalar ishtirok etdi.
Muhokama davomida ishtirokchilar tomonidan NMM obyektlarini mahalliy roʻyxatini qayta yangilab, tasdiqlatish yuzasidan kiritilgan takliflar qabul qilindi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati