Yoshlar ovozi iqtidorlarni kashf etadi
18 May, 2025 - 14:57
120
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Uchqo'rg'on tumanida 12-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida mazkur tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tuman bosqichida bevosita sektor bosqichida g‘olib bo’lgan 3ta (10-15, 16-22 va 23-30) yosh toifasidagi yoshlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ushbu musiqiy bellashuv yoshlarning musiqa va san'atga bo‘lgan mehrini mustahkamlabgina qolmay, ularni katta sahnalarga yetaklaydigan ilk qadam bo‘ldi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati