Badiiy havaskor jamoalarini unvonga tavsiya etish hamda ularni faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish

26 May, 2025 - 18:46
309
Badiiy havaskor jamoalarini unvonga tavsiya etish hamda ularni faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Bugun Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani 41-son tuman madaniyat markazida “Badiiy havaskor jamoalarini unvonga tavsiya etish hamda ularni faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish” mavzusida Respublika seminari boʻlib  oʻtdi.

Seminarda Qoraqalpogʻizton Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar madaniyat boshqarma boshligʻi  oʻrinbosarlari, Madaniy faoliyat hamda xalq ijodiyoti shoʻbasi mudiri va bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirkokchilar karnay va sunray, doira-yu nog‘aralar yordamida milliy kuylar bilan kutib olindi. Ishtirokchilar madaniyat markazida viloyatdagi markazlarda faoliyat yuritayotgan doira, gitara, dutor, Boychechak bolalar badiiy havaskorlik jamoasi, Dilshod ashula va raqs xalq ansambli, Yor-yor, Yallama yorim, Uychi tongi folklor etnografik xalq jamoalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi. So‘ngra ishtirokchilar 41-son tuman madaniyat markazida tashkil etilgan milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazmalarini ko‘zdan kechirdilar.

Seminar kun tartibidagi konferensiya boshlanib, unda Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i I.Akramov so‘zga chiqib seminarni ochib berdi.

Konferensiya davomida  Toʻraqoʻrgʻon tuman madaniyat bo‘limi mudiri R.Yakubbayev “Badiiy havaskor jamoalarini unvonga tavsiya etish” , Uychi tumani Uychi tongi folklor etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari I.Azizov va Norin tumani madaniyat bo‘limi mudiri X.Asritdinovlarning “Jamoalarning pullik xizmat ko‘rsatish” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar muhokama etilib savollar berildi.

Konferensiya yakunida Zoom platformasi orqali ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i J.Niyazbekov tomonidan navbatdagi Respublika seminari Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tishi hamda seminar yuqori saviyada tashkil etilganini muxtasar qilib ta’kidlab o‘tdi.

So‘ngra Badiiy havaskor jamoalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi seminar ishtirokchilariga havola etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan xulosalar qilinib takliflar tinglandi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati


Fayllar:

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash