Hamkorlik
30 May, 2025 - 17:33
34
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Namangan viloyati Musiqali drama teatri Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida bitiruvchi talabalar uchun tashkil etilgan "Karyera" kuni munosabati bilan institut rahbariyati hamda bir qator teatr sohasi bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv samarasi oʻlaroq, isteʼdodli bitiruvchilar saralanib, ular bilan mehnat sharnomalari imzolandi.
Bu esa, tez orada jamoani oliy maʼlumotli malakali kadrlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati