Taqdimot

05 Jun, 2025 - 15:04
28
Taqdimot

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Namangan viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat Musiqali drama teatrida tibbiyot hodimlari va muassasalarida korrupsiya hamda shifokor nomiga dog‘ tushiradigan ayrim illatlarning oldini olish maqsadida, yozuvchi Nodir Majid asari asosida rejissyor Shuxrat Abdullayev tomonidan sahnalashtirilayotgan "Muqaddas qasam" spektaklining sahnalashtirish jarayonlari o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligidan tashrif buyurgan maxsus ishchi guruh va mutasaddilari ishtirokida ushbu spektaklning taqdimot ko‘ruvi bo‘lib o‘tdi.

O‘z o‘rnida, bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, ayrim kamchiliklarni bartaraf etish sharti bilan, "Muqaddas qasam" spektakli namoyishiga ruxsat berildi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash