Pop tumanidagi Iftixor mahallasida “Yoshlar oqshomi” bo‘lib o‘tdi!
13 Jun, 2025 - 15:37
21
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
"Dolzarb 90 kunlik” loyihasi
Pop tumanidagi Iftixor mahallasida “Yoshlar oqshomi” bo‘lib o‘tdi!
Pop tumanining Iftixor mahallasida joylashgan Yasmina klinikasi oldida yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan “Yoshlar oqshomi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir Iftixor MFY faollari, Ma'daniyat markazi xodimlari,Pop tuman 7-sonli BMSM "Anʼanaviy xonandalik" sinfi o‘qutuvchisi Eldorbek G'aniyev va tashabbuskor yoshlar hamkorligida o‘tkazilib, mahalla yoshlari va aholisi uchun haqiqiy bayramga aylandi. Konsert dasturi davomida yoshlar o‘zlarining ijodiy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari bilan tomoshabinlarga quvonch ulashdi.
Yig‘ilganlar birgalikda maroqli dam olishdi, o‘zaro do‘stona muloqotda bo‘lishdi hamda mahalla hayotida yoshlarning faol ishtirokini yana bir bor namoyon qilishdi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati