Roza Zergerli konserti bo‘lib o‘tdi

15 Jun, 2025 - 15:59
23
Roza Zergerli konserti bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Namanganda o‘tkazilayotgan 64-Xalqaro "Gullar festivali" doirasida dunyoga mashhur ozarbayjonlik estrada yulduzi Roza Zergerli tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. “Afsonalar vodiysi” tematik parkda bo‘lib o‘tgan shou namanganliklar va festival mehmonlari uchun haqiqiy bayramga aylandi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, mazkur festival nafaqat gullar, balki madaniyat, san’at va do‘stlik bayrami sifatidagi nufuzi ortib borayotganini alohida ta’kidladi.

Roza Zergerli konserti festival ishtirokchilariga unutilmas taassurotlar va bayram kayfiyati ulashdi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash