Dolzarb 90 kunlik

17 Jun, 2025 - 16:03
24
Dolzarb 90 kunlik

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida Pop tuman 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari konsert dasturi namoyish etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘i asosida tashkil etilgan “Dolzarb 90 kunlik” amaliy sa’y-harakatlar dasturi doirasida joylarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan bizning 7-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘quvchilari tomonidan badiiy-konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirda yosh ijrochilar o‘zlarining kuy va qo‘shiqlari  orqali tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Konsert dasturida milliy va zamonaviy sanʼat namunalari uyg‘unlashgan holda ijro etildi. Tadbir nafaqat o‘quvchilarning iqtidorini namoyon etdi, balki madaniyat va sanʼat orqali yoshlar tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasi sifatida yuqori baholandi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
 

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash