Kosonsoyda "Kashtalar jilosi" festivali o‘tkazildi

23 Jun, 2025 - 10:51
26
Kosonsoyda  "Kashtalar jilosi" festivali o‘tkazildi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Kosonsoyda  "Kashtalar jilosi" festivali o‘tkazildi. 

▫️Kosonsoy tumani Milliy madaniyat markazida "Kashtalar jilosi" nomli kashtachilik va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-festivali bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi:
▫️milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga chuqur singdirish; 

▫️hunarmandchilikning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish; 

▫️ "Ustoz-shogird" an’analari asosida  yosh avlodni hunar o‘rganishga jalb etish; 

▫️yangi ish o‘rinlarini yaratish va xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida "Qadriyatlarni qadrlaymiz!", "Yangi O‘zbekistonda qadriyatlar ulug‘" shiorlari asosida milliy liboslar podyumlar tashkil etildi. 

Festival davomida tuman madaniyat boʻlimining san’atkorlari tomonidan tarannum etilgan diltortar kuy va qo‘shiqlar festival ishtirokchilariga zavq bag‘ishladi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
 

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash