Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir
24 Jun, 2025 - 18:49
236
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Korrupsiya nima, xalq tilida soddagina qilib korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo‘ladi. Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan, korrupsiya davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yoʼsinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir.
Аslida korrupsiya biror-bir mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Maʼlumki, korrupsiya davlat va jamiyatning rivojiga, xalqlar va millatlarning adolat va qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchiga, umidiga putur yetkazadigan xavfdir, xalqaro miqiyosidagi korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida dunyo mamlakatlarida korrupsiya muammosini tubdan tushunish va korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyatini oshirish maqsadida halqaro hujjat qabul qilish zaruriyati yuzaga keldi.
Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab 9-dekabr Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanishi belgilandi. Ushbu konventsiyani tan olgan, aʼzosi hisoblangan davlatlarda o‘z qonunchiliklariga va uni buzmagan xolda turli tadbirlar va aktsiyalar uyushtiriladi, plakat va tarqatma materiallar chop etiladi, Аmmo Rezolyutsiyada ushbu kuni keng nishonlash, maʼlum tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha unga qo‘shilgan davlatlarga xech qanday majburiyat qo‘yilmagan. Bu esa albatta Rezolyutsiyaning o‘ziga xosligidir. Yurtimizda ham halqaro-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilik asosida, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy-huquqiy mexanizm asoslari yaratilmoqda. O‘zbekistonning 2008-yili BMTning Korrupsiyaga qarshi konventsiyasiga, 2010-yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga qo‘shilishi – korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.Аmaliy ishlarning natijasi sifatida qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida” va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning asosi hisoblangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning 2017-yil yanavrda qabul qilinishi davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berdi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
27-maydagi PF-5729-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2020-yil 29-iyun kungi PQ-4761-sonli “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ushbu illatga qarshi aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kerak, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan har bir meʼyoriy xujjat yurtimizning ertangi korrupsiyasiz hayotiga qo‘yilayotgan katta qadamlardir.
Doniyor IBRAGIMOV, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi bosh yurist konsulti