Ochiq eshiklar kuni
25 Jun, 2025 - 16:33
101
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Namangan viloyat madaniyat markazida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi
Tadbir doirasida Davlatobod tumani hududida joylashgan 56-maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Ular har bir to‘garak faoliyatiga bevosita guvoh bo‘lib, mashg‘ulotlar jarayonini qiziqish bilan kuzatdilar.
Ayniqsa, Dutor, Gitara, Tasviriy va amaliy san’at to‘garaklari hamda “Oltin kalitcha” xalq qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan namoyish etilgan ijodiy chiqishlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida markazdagi umumiy faoliyat, mashg‘ulotlar tartibi va qabul shartlari haqida zaruriy ma’lumotlar berildi. Suhbat jarayoni o‘quvchilar bilan savol-javob tarzida jonli va samimiy ruhda kechdi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati