Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik
27 Jun, 2025 - 16:36
30
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
“Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!”
Chortoq tumanida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yozgi tomoshagohda tashkil etilgan ushbu tantanali marosim minglab yoshlarni bir maqsad atrofida jipslashtirdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari O.Bozorov hamda Chortoq tumani hokimi I.Sattarov so‘zga chiqib, yosh avlodni bayram bilan tabrikladilar va ularga ezgu tilaklarini izhor etdilar.
Kecha davomida Shohrux Ergashev, Abror Do‘stov, Noila Habibullayeva, Kamron Mamadaliyev kabi mashhur estrada yulduzlarining jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari, shuningdek, 14-sonli musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari hamda harbiy qism askarlarining chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.
Gala konsert mushakbozlik namoyishi bilan yakunlandi va barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati