64-Xalqaro gullar festivali doirasidagi konsert dasturlari davom etmoqda
02 Jul, 2025 - 02:31
79
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
64-Xalqaro gullar festivali doirasidagi konsert dasturlari davom etmoqda!
To‘raqo‘rg‘on tumani madaniyat bo‘limi qoshidagi "Dilshod" ashula va raqs ansambli tomonidan Namangan shahridagi Zaxiriddin Muxammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining markaziy sahnasida konsert dasturi namoyish etildi.
Kuylar qo‘shiqlarga, qo‘shiqlar esa betakror raqslarga ulanib, chinakamiga bayram shukuxini kasb etdi. Yurtimizning turli manzillaridan tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish etilgan badiiy chiqishlar ko‘tarinkilik ulashdi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati