Maʼnaviy yuksalishga eltuvchi har bir sahifa — kelajakka nurli yo‘ldir

02 Jul, 2025 - 02:34
67
Maʼnaviy yuksalishga eltuvchi har bir sahifa — kelajakka nurli yo‘ldir

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Maʼnaviy yuksalishga eltuvchi har bir sahifa — kelajakka nurli yo‘ldir!

Namangan viloyat madaniyat markazida Maʼnaviyat soatlari mutolaa tarzida tashkil etildi. Barcha xodimlar kunning bir soatida "Birgalikda kitob oʻqiymiz" shiori ostida oʻzlari yoqtirgan badiiy asarni oʻqishga kirishdilar.

Ushbu tashabbus xodimlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, maʼnaviy dunyoqarashni kengaytirish va fikrlash doirasini boyitish maqsadida yoʻlga qoʻyildi. Kitobxonlik muhitida xodimlar bir-birlari bilan oʻqigan asarlari haqida fikr almashib, o‘zaro ijodiy muloqotga kirishdilar.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tashabbuslar madaniyat xodimlarining ruhiy ozuqa olishi, maʼnaviy kamolot sari intilishi yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
 

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash