PREMYERA

10 Jul, 2025 - 14:43
52
PREMYERA

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Namangan viloyati Qо‘g‘irchoq teatrida 64-Xalqaro gullar festivali doirasida teatrning bosh rejissyori Akmaljon Tо‘rayev tomonidan Esonboy О‘rinov qalamiga mansub “Gul va bulbul” zamonaviy ertak-pyesasini sahnalashtirildi.

Spektaklning premyerasi bо‘lib о‘tdi. Premyera kо‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ayniqsa, shu kuni bolajonlar uchun haqiqiy bayram bо‘ldi. 

Premyeraga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bо‘limi rahbari M.Oppoqov, viloyat “Oqila ayollar harakati” a’zosi N.Matkarimova, ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik tashrif buyurdi. 

Tadbir sо‘nggida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bо‘limi rahbari M.Appaqov teatr jamoasini yangi zafar bilan tabrikladi va bir qator aktyorlarni esdalik sovg‘alari bilan qutladi. Yana bir qator ijodkorlar teatr ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmat

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash