MILLIY LIBOS — MILLAT G‘URURI
11 Jul, 2025 - 16:50
60
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
MILLIY LIBOS — MILLAT G‘URURI
Uchqo‘rg‘on tumanidagi Madaniyat bo‘limi xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda milliy liboslarda ishtirok etmoqda. Bu nafaqat zeb-ziynat, balki milliy o‘zligimizni, qadriyatlarimizni, an’analarimizni ulug‘lashning yaqqol namunasidir.
Milliy kiyim — millatning tarixi, urf-odati, zebo tarzi va g‘ururining yorqin ifodasidir. Madaniyat xodimlarining bu tashabbusi yoshlarga o‘rnak, kattalarga esa faxr-u iftixor bag‘ishlaydi.
Madaniyat — millat oynasi!
Milliy libos — yurtimiz ruhiyatining timsoli!
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati