Yozgi iqtidorlar “Madaniyat markaziga kelgan har bir bola – VIP mehmon”
13 Jul, 2025 - 10:52
55
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Yozgi iqtidorlar “Madaniyat markaziga kelgan har bir bola – VIP mehmon”
Tantana madaniyat markazida "Ochiq eshiklar kuni" doirasida "Yozgi iqtidorlar" festivali yoshlarni chorlaydi.
Chust tuman 66-sonli "Tantana" madaniyat markazida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda madaniyat markazida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishtirildi. Tasviriy sanʼat, milliy amaliy sanʼat namunalaridan ko‘rgazmalar, va "Navro‘z" badiiy havaskorlik jamoasi konsert dasturlari tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Loyihada "Yozgi iqtidorlar" festivali ham o‘tkazildi. Festivalda ishtirok etgan faol o‘quvchi yoshlarga madaniyat bo‘limining tashakkurnoma va estalik sovg‘alari topshirildi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati