Milliy kompozitorlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

15 Nov, 2025 - 10:07
20
Milliy kompozitorlar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-sonli qarorining 5-bandida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish hamda rag‘batlantirish, ular tomondan milliy ruhda yaratilayotgan yangi asarlarni keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 12-noyabr kuni O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida Milliy kompozitorlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash markazi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda turli shakl va janrlardagi 20 dan ortiq asarlar sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan saralandi.

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash