Namanganda mahorat darslari bo'lib o'tdi
14 Feb, 2026 - 15:50
16
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Namanganda ustoz–shogird an’analariga muvofiq, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazining "Ustoz–shogird" maktabi bo‘limining mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
Mazkur darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Namangan maqom ansamblining ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ijrochilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda milliy maqom san’atining boy merosini kelgusi avlodlarga yetkazishdan iborat.
Shuningdek, mahorat darslari orqali oldinda turgan muhim davlat tadbirlariga, jumladan, xalqaro miqyosdagi maqom festivaliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ijro uslublarini mukammallashtirish va sahna madaniyatini yuksaltirish ko‘zda tutilgan.
Ustozlarning amaliy tavsiyalari, jonli ijro jarayonidagi tahlillar va an’anaviy maqom yo‘llarining chuqur o‘rganilishi ansambl faoliyatining samaradorligini oshirishga, ijrochilarning mahoratini yanada mustahkamlashga hamda Namangan maqom ansamblining badiiy saviyasini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati