Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkonyatlarga ega

15 Feb, 2026 - 12:02
26
Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkonyatlarga ega

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, yashash joyi, dinga munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi hamda ishchanlik sifatlariga aloqador bo‘lmagan boshqa belgilar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar yoxud imtiyozlar belgilash kamsitish hisoblanadi.

Biroq, mehnat turiga xos talablar yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalar) uchun belgilangan farqlar kamsitish emas.

O‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs shikoyat qilish, sudga murojaat etish va yetkazilgan zararni undirish huquqiga ega.

Ibragimov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li, Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi yuriskonsulti

“1-darajali yurist”

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash