Tojikiston Respublikasi Xo‘jandiy nomidagi davlat musiqali komediya teatri jamoasi Namanganda ijodiy safarda

28 Feb, 2026 - 18:45
41
Tojikiston Respublikasi Xo‘jandiy nomidagi davlat musiqali komediya teatri jamoasi Namanganda ijodiy safarda

Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati

Tojikiston Respublikasi Xo‘jandiy nomidagi davlat musiqali komediya teatri jamoasi Namanganda ijodiy safarda

Qo‘shni Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Kamoli Xo‘jandiy nomidagi davlat musiqali komediya teatri jamoasining Namangan viloyatiga amalga oshirgan ijodiy safari yuksak saviyada va ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Ijodiy safarning birinchi manzilgohi Chust tumanidan boshlandi. Xususan safar doirasida teatr jamoasi tomonidan kattalar uchun “Qarzi vijdon”, bolalar uchun esa “Xurboni erka” spektakllari namoyish etildi.

Namangan viloyati qo‘g‘irchoq teatrida ham yuqoridagi ikki spektakllar namoyish etildi.

Mazkur ijodiy hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, teatr san’ati sohasida tajriba almashish hamda tomoshabinlarga yuksak badiiy saviyadagi asarlarni taqdim etishga xizmat qiladi

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlashim joizki Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Kamoli Xo‘jandiy nomidagi davlat musiqali komediya teatri repertuari turli janrdagi sahna asarlaridan iborat bo‘lib, ularning qatorida musiqali komediyalar, zamonaviy dramatik spektakllar va xalq motivlariga asoslangan sahnalar mavjud.

Kamoli Xo‘jandiy teatri — Tojikistonning eng qadimiy va faol musiqali komediya teatri bo‘lib, u nafaqat sahna ijodini rivojlantiradi, balki xalq sanʼati va madaniy merosni yosh avlodga yetkazishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Azizbek ABDUG'ANIYEV, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash