Yoshlar bilan suhbat
01 Mar, 2026 - 16:47
46
Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot xizmati
Muhtaram Yurtboshimiz Yoshlar bilan boʼlgan uchrashuvda bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda haftanining payshanba kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining oʼquvchilar turar joyidagi iqtidorli va tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan o'quvchi yoshlar bilan suhbat oʼtkazdik.
Suhbat jarayonida yoshlarning fikr-mulohazalari, tashabbus va takliflari tinglanib, kelajakdagi rejalari, oliy taʼlimga oʼqishga kirish jarayonlari, oʼz iqtidorlarini ommaga namoyish etishlari, kitob oʼqishga yanada qiziqishlari, tanlagan sohalari boʼyicha yetuk mutahassislar boʼlib kelajakda Vatanimizga xizmat qilishlari haqida oʼrtoqlashdik.
Hafta davomida darslardan boʼsh vaqtlarida turli koʼngil ochar tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldik, kitobhon oʼquvchilarga badiiy adabiyotlar tarqatdik.
Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi