Munosabat
03 Mar, 2026 - 11:51
43
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Prezidentimiz har bir chiqishlarida “Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlar hal qiluvchi kuch” ekanini alohida ta’kidlab kelmoqda.
Bugungi kunda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunar egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi, sport va san’at bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan:
Maktab, litsey va oliy ta’lim tizimida keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kredit va grantlar ajratilmoqda.
Madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlarida yosh iste’dodlarni aniqlash va rag‘batlantirish tizimi kuchaytirilmoqda.
“Yoshlar daftari” orqali muammoli yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu e’tibor natijasida yoshlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, sport musobaqalari va ijodiy tanlovlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Mening munosabatim shuki, yoshlarga berilayotgan bunday yuksak e’tibor – kelajakka qaratilgan eng katta sarmoyadir. Chunki bilimli, ma’naviy yetuk va tashabbuskor yoshlar – mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
N.Z.Raximova, Pop tuman 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi o‘quv-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari,