Bir sahna ming hikoya nomli kontsert dasturi

06 Mar, 2026 - 13:31
28
Bir sahna ming hikoya nomli kontsert dasturi

Matbuot xizmati

Namangan ixtisoslashtirilgan san'at maktabi sahnasi yana bir bor ijod, iste'dod va jozibaga to‘ldi. Bu yerda “Aktyorlik san'ati” bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Bir sahna ming hikoya” nomli kontsert dasturi tom ma'noda ijod bayramiga aylandi.
Sahnada hayot turfa ranglarda namoyon bo‘ldi: qalbdan chiqqan monologlar, ma'noli etyudlar, jonli sahna ko‘rinishlari, raqs va sahna harakatlari bir-biriga uyg‘un holda tomoshabinni san'at olamiga boshlab kirdi. Har bir chiqishda yosh ijrochilarning ichki kechinmalari, izlanishlari va aktyorlik mahorati yaqqol sezilib turdi.
Ushbu badiiy dastur bo‘lim o‘qituvchilari T.Otajonov hamda D.Abduraxmonovlar rahbarligida yuksak mahorat bilan tayyorlanib, sahnada jonli obrazlar orqali gavdalantirildi. Sinf xonalarida o‘rganilgan asarlarning katta sahnada namoyon bo‘lishi o‘quvchilar uchun navbatdagi muhim bosqich — ijod yo‘lidagi ishonchli qadamga aylandi.
Bu kontsert dasturi o‘quvchilar uchun faqat namoyish emas, balki o‘z ustida ishlash, mahoratni sayqallash va san'at cho‘qqilari sari intilishda ruhiy kuch beruvchi ilhom manbai bo‘ldi. Sahna orqali ular o‘z iste'dodlarini yanada charxlab, kelajakda katta sahnalar sari yo‘l ocha oldi.

Azizbek ABDUG'ANIYEV, Jurnalist, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash