“Yoshlik bahori” nomli konsert dasturi

06 Mar, 2026 - 13:42
19
“Yoshlik bahori” nomli konsert dasturi

Matbuot xizmati

Namangan ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 3-mart kuni Fortepiano bo‘limining “Yoshlik bahori” nomli konsert dasturi namoyish etildi. Dasturda o'zbek hamda chet el bastakorlarining ansambl uchun yozilgan asarlari yangradi.
Mazkur konsert dasturi yosh ijrochilarning mahoratini namoyon etish, ularning sahna madaniyatini shakllantirish hamda ijodiy tajribasini boyitish maqsadida tashkil etildi. O'quvchilar tomonidan ijro etilgan rang-barang asarlar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, fortepiano ansambllari ijrosidagi kuylar o‘zining nafisligi va uyg‘unligi bilan ajralib turdi. Har bir chiqish ustozlar tomonidan puxta tayyorgarlik asosida sahnaga olib chiqilgani sezilib turdi.
Konsert yakunida maktab rahbariyati tomonidan faol ishtirok etgan o‘quvchilar va ularning ustozlariga minnatdorlik bildirildi. “Yoshlik bahori” konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bahorning ilk kunlarida san’at ixlosmandlariga unutilmas lahzalar taqdim etdi.

Azizbek ABDUG'ANIYEV, Jurnalist, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasi Matbuot kotibi

Namangan viloyat madaniyat boshqarmasi

Rasmiy sahifa



Biz bilan aloqa

Topilgan xatoni izohlash